Kimmix: "Qizil kartochka o‘yinni sabrga aylantirdi"

  • 26 oktabr, 15:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi futbolchisi Joshua Kimmix "Borussiya Myunxengladbax"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Bu shubhasiz sabr-toqat o‘yini bo‘ldi. Dastlab, "Borussiya" yuqori bosim o‘tkazadigandek ko‘ringan edi. Ularning katta rejalari bor edi. Uchrashuvni dadillik bilan boshlashdi va yaxshi o‘yin namoyish etayotgan edilar. Ammo qizil kartochka o‘yinning kartinasini o‘zgartirib yubordi. Ular rejalarini o‘zgartirib, chuqur himoyaga o‘tdi.Biz shu ondan xotirjam va sabrli bo‘lishimiz kerakligini tushundik.

Mavsum boshidagi 13 o‘yinlik g‘alabali seriyamiz shunchaki tasodif emasdi. Bu mashaqqatli mehnat va muntazam mashg‘ulotlarning samarasi edi. Bizda chindan ham ajoyib jamoa bor, maydonga yangi qo‘shilgan futbolchilar yaxshi kirishib keta olishini namoyish etishyapti.Bu juda muhim jarayon. Bizda hech qanday xayolparastliklar yo‘q. Asosiysi o‘yin, har bir futbolchi maydonda borini berib jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shishni istaydi va buni jamoamiz uchun qilamiz", - dedi germaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, myunxenliklar Bundesliganing 8-turidan so‘ng 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!