Kivu Italiyadagi italyalik murabbiylar hukmronligini to‘xtatdi
Ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu "Inter"ni klub tarixidagi 21-skudettoga olib chiqdi.
Shu tariqa, Kivu Italiya chempionatini yutgan Joze Mourinyudan keyingi ilk xorijlik murabbiyga aylandi. Portugaliyalik murabbiy "Inter" bilan 2009 va 2010 yillarda A Seriyada g‘olib chiqqan edi. Qiziq, o‘sha davrda Kivu aynan Mourinyu qo‘l ostida himoya chizig‘ida to‘p surgan.
Shundan keyin esa Italiya chempionligi faqat mahalliy murabbiylar qo‘liga o‘tdi. Jumladan, Massimiliano Allegri, Antonio Konte, Mauritsio Sarri, Stefano Pioli, Luchano Spalletti va Simone Indzagi kabi mutaxassislar ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar