“Klassik” kurashchilarimiz Budapeshtdagi reyting turnirida ishtirok etmoqda
Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha UWW reyting seriyasi turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tyapti
Vengriya poytaxti Budapeşt shahrida sport kurashlari bo‘yicha UWW reyting seriyasi turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda o‘zbekistonlik yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etishadi. Bugundan hamyurtlarimiz medallar uchun kurashni boshlashadi. Kun davomida 5 nafar yurtdoshimiz saralash bahslarida ishtirok etishlari belgilangan. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-67 kg: Aytjan Xalmaxanov – Mustafa Yildirim (Turkiya) / Yixan Yuu (Xitoy)
-67 kg: Sardor Yo‘ldoshev – Meyrjan Shermaxanbet (Qozog‘iston)
-77 kg: Doniyor Nakibov – Ali Arslan (Serbiya)
-77 kg: Jamol Jumaboev – Aman (Hindiston)
-77 kg: Abdullo Aliev – Keongbin Li (Koreya Respublikasi)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)