Klopp: Bu yangi tajriba emas, 1000 dan ortiq o‘yin o‘tkazganman
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu lavozimdagi ilk oʻyinidan keyin oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
UEFA Millatlar ligasi A ligasi 2-guruh 1-turida Germaniya Niderlandiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.
- Umuman olganda, oʻzimni yaxshi his qildim. Ammo faoliyatim davomida 1000 dan ortiq oʻyin oʻtkazganman, shuning uchun bu men uchun mutlaqo yangi tajriba emas edi.
Ōxshash vaziyatda turgan ikki juda yaxshi jamoa oʻzaro oʻynadi. Biz uchrashuvni yaxshi boshladik, keyin esa jiddiy muammolarga duch keldik. Tizim hali shakllanmagan va jarayonlar hali toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan paytda shunday holatlar yuzaga keladi.
Jamoaning ishtiyoqi va yuqori intensivligidan juda mamnun boʻldim, ammo biz albatta yaxshiroq oʻylay olamiz, - deya Kloppning soʻzlarini Bayern & Germany X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida keltiradi.

Fikrlar