Klopp Germaniya terma jamoasi tarixida eng yomon startni ko‘rsatdi
Yurgen Klopp boshchiligida maydonga tushgan Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasida kutilmaganda Yunonistonga mag‘lub bo‘ldi.Shu tariqa Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi tarixida eng omadsiz start olgan murabbiyga aylandi. Uning qo‘l ostidagi ilk uchrashuvda nemislar Niderlandiyaga qarshi 1:1 hisobida durang qayd etgan edi. Avvalgi antirekord Zepp Herberger va Helmut Shenga tegishli bo‘lib, ular ham dastlabki ikki o‘yinda jami ikki ochkodan to‘plashgan.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp joriy yozda jamoani juda omadsiz o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng qabul qilib olgan edi. Yulian Nagelsmann boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi mundialda 1/16 final bosqichida Paragvayga yutqazib, musobaqani erta tark etgandi.

Fikrlar