Klopp: Koutino va "Bavariya" bir-biriga mos tushadi

  • 09.09.2019 18:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona" vingeri Filippe Koutinoning "Bavariya"ga ijaraga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Koutino 2013-2017 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng 145 mln evro evaziga kataloniyaliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi.

“Biz uni qo‘yib yuborishni unchalik ham xohlamagandik, u ajoyib futbolchi. Koutino – top darajadagi futbolchi. “Bavariya” uchun bu ajoyib transfer bo‘ldi.

O‘sha paytda “Liverpul”da uni qaytarib olishga mablag‘ bo‘lmaganini inobatga olsam, uning “Bavariya”ga o‘tgani yaxshi variant bo‘ldi. O‘shanda men Filippega u va “Bavariya” bir-birlariga juda mos tushishini aytganman”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Koutino hozircha Bundesligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!