
Klopp "Liverpul" muxlislariga yana bir noxush xabar aytdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Joel Matip to‘pig‘idagi jarohati sabab bu mavsum boshqa o‘ynay olmasligini ma’lum qildi.
“Afsuski, Joel mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Ammo u yangi mavsumgacha sog‘ayadi va hammasi yaxshi bo‘ladi”, - dedi Klopp.
Hozirda “Liverpul”da Matipdan tashqari Virjil van Deyk, Jo Gomes va Fabino ham jarohat olgan. Mersisaydliklar 21 turdan so‘ng 40 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar