Klopp mag‘lubiyat aybdorini aytdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasi «A» ligasi guruh bosqichi 2-turida Gretsiyaga qarshi uchrashuvdagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatni sharhladi.
- Natija quvontirmaydi, ammo bu, shubhasiz, jarayonning bir qismi. Tarkib, jamoaning qanday shakllantirilgani va barcha o‘zgarishlar – 100 foiz mening javobgarligim. Bu mening g‘oyam edi.
Chuqur himoya blokida o‘ynayotgan raqib himoyasini osonlikcha yorib o‘ta olmasligimiz aniq edi. Men kichik hisobdagi g‘alabani hotirjam qabul qilgan bo‘lardim, ammo mag‘lub bo‘lish mumkin emas edi.
O‘tkazib yuborilgan golda omadimiz kelmadi, garchi u raqibda bo‘lgan imkoniyatlarning umumiy manzarasiga mos kelsa ham. Aslida, ular asosan uzoq uzatmalar orqali o‘ynashdi. Ko‘p holatlarda bunday to‘plar bilan yaxshi ishladik, ammo futbolchilarimizning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olsak, biz qila oladigan darajada ustunlik qilmadik.
Biz atigi bir haftadan beri birgamiz, jamoa yangi, shuning uchun o‘zaro aloqalarni shakllantirishimiz kerak. Futbol mashg‘ulotlarni talab qiladi. Bu haftada bugungi uchrashuvning katta qismidan tashqari hammasi a’lo darajada kechdi, - dedi Klopp.
Uning so‘zlarini Sky Sport Germany keltirdi.

Fikrlar