Klopp matbuot anjumanlariga ishonmaydi

  • 26 yanvar, 2023, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp matbuot anjumanlariga deyarli ahamiyat bermasligini aytib o‘tdi. 

Tecno

"Men matbuot anjumanlariga ishonmayman. Nimaga, bilasizmi? Gap shundaki, u erdagi bahsda g‘alaba qozonish imkonsiz. 

Men savollarga hech qachon oldindan tayyorlanmayman. Undan ko‘ra o‘yinlarga ko‘proq e’tibor qaratishni afzal ko‘raman. Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ular mening gaplarimni qanday qabul qilishlariga ham ahamiyat bermayman. 

Albatta, men qandaydir noodatiy fikr bildirsam, darrov sarlavhalarga chiqib ketishini yaxshi bilaman. Lekin buni ataylab qilmayman, baribir shunday bo‘lishi tabiiy", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!