Klopp: "Men bo‘lganimda Pogba ham, Ronaldu ham MYuga qaytmagan bo‘lardi"

  • 21.10.2025 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Sobiq "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, "Manchester Yunayted" rahbariyati Pol Pogba va Krishtianu Ronalduni jamoaga qaytarmasligi kerak edi.

"Agar men MYuni boshqargan bo‘lganimda, Pogbani ortga qaytarmagan bo‘lardim. Ronaldu? Uni ham yo‘q. Futbolchi qaytib kelganida bu variant juda kam hollarda ish beradi", — dedi Klopp "The Diary Of A CEO" yutub-kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2021 yili "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga qaytgan, ammo 2022 yilning oxirida mojaroli tarzda klubni tark etgan edi. Hozirgi vaqtda 40 yoshli portugaliyalik hujumchi Saudiyaning "An-Nasr" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!