Klopp: “Menimcha, endi bosh murabbiylik qilmayman"

  • 30 sentabr, 15:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp endi bosh murabbiy sifatida ishlamasligini tan oldi. Klopp Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi sifatida katta shuhrat qozongan. U bungacha "Maynts"da, 2016-2024 yillarda esa "Liverpul"da ishlagan. Klopp Angliya jamoasini APL g‘olibiga aylantirdi, u bilan birga UEFA Chempionlar Ligasi, ichki kuboklar va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Tecno

"Men shunchaki dam oldim ("Liverpul"dan ketganimdan keyin). Sport bilan shug‘ullandim, hayotdan zavqlandim, nabiralarim bilan ko‘rishdim. Men odatdagi ishlar bilan shug‘ullanardim, ertami-kechmi yana ishlashni boshlashimni tushunardim. Lekin shu bilan birga murabbiy emasligimni ham bilardim. Hech qachon? Ha, menimcha, ha. Lekin aniq bilolmayman.

Yoshim 58 da. Agar 65 yoshimda yana mashg‘ulot o‘tkazishni boshlasam, hamma: "Boshqa murabbiylik qilmayman, deding-ku!" deyishini istamayman. E-e-e, kechirasiz, men o‘sha paytda shunday deb o‘ylagandim", - deya Kloppning so‘zlarini keltirdi The Athletic.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!