Klopp Nagelsmanndan uzr so'radi: "59 yoshga kiryapman, ammo hali ham ahmoqman"

  • 15.06.2026 14:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmanndan omma oldida uzr so'radi.

Avvalroq Klopp va Tomas Myuller Jahon chempionatida ekspert sifatida ishlayotgan paytda Nagelsmanga Jamal Musialani asosiy tarkibdan chiqarib, uning o‘rniga Deniz Undavni tushirishni tavsiya qilgandi. Shuningdek, Klopp: "Yaxshiyamki, tarkibni hali ham Yulian Nagelsmann tanlayapti", degan edi.

Bu gaplarga javoban Nagelsmann: "Yurgen va Tomas futbolda katta yutuqlarga erishgan. Ular istagan fikrini bildirish huquqiga ega", degan edi.

Germaniyaning Kyurasao ustidan 7:1 hisobidagi yirik g‘alabasidan keyin Klopp efirda Nagelsmanndan kechirim so'radi.

"Aytadigan yana bir gapim bor. Biz norasmiy tarzda terma jamoaning bir qismi hisoblanamiz va har doim sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Men yilning eng yomon iborasini aytdim: "hali ham". Bu gapim uchun o‘zimga tarsaki tushirgim keladi. Ammo juda kech edi, chunki men televideniyada edim. Bu shunchaki ehtiyotsizlik bilan aytilgan so‘z bo‘lib, aslida hech qanday ma’no anglatmasdi.

Shuni tushundimki, ikki kundan keyin 59 yoshga to‘laman va hali ham ahmoqman. Siz nima qilsangiz ham, biz siz tomondamiz. Jarayonga halol bermoqchi emasmiz", — dedi Klopp.

Ma’lum qilinishicha, ushbu so‘zlardan keyin Nagelsmann kulgan va intervyu yakunida Klopp hamda Myuller bilan qo‘l berib ko‘rishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!