Klopp: "Ramosga o‘xshagan futbolchini haydagan bo‘lar edim"

  • 31 oktabr, 2024, 21:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Toni Kroos bilan bo‘lgan podkastda "Real" sobiq sardori Serxio Ramos haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Hammamiz juda yaxshi bilamiz, Ramos o‘shanda Salohni ataylab sindirgan edi. Men uning mentalitetini hech qachon tushunmaganman. Agarda men ishlayotgan klubda shunday futbolchilar bo‘lganda, ularni ketkazgan bo‘lardim",-dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yili bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" "Real"ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda Ramos Muhammad Salohga jiddiy jarohat etkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
31/10/2024 21:49
Real uchun nima qilsang ham sal yoshing 30dan oshsa va uyining ozgina pasaysa tupurvoradi
Yunusov Bahrom
31/10/2024 21:58
Bu klubda 30 yoshgacha o'ynab olish ham baxt futbolchilar uchun