Klopp “Real”ni qabul qilib, yozda Madridga Holandni olib keladi

  • 02.02.2026 18:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” xўjayini Florentino Peres o‘zi anchadan beri  mo‘ljallab yurgan rejani amalga oshirishga harakat qilmoqda. Klub rahbari jamoa tarkibida Erling Holandni ko‘rishni istaydi.

Bundan tashqari, Peres jamoa boshqaruviga Yurgen Kloppni olib kelishni maqsad qilgan. Uning orzusi ro‘yobga chiqib, yozda nemis mutaxassisi ham, norvegiyalik to‘purar ham “Real”da birlashishi mumkin.

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp yana murabbiylik ishiga qaytishi va yozda “Real”ni qabul qilib olishi mumkin. Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar tajribali mutaxassis jamoada ish boshlasa, “Qirollik klubi” uchun Erling Holand asosiy transfer nishoniga aylanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kloppning o‘zi ham “Manchester Siti” yulduzi bilan bog‘lanib, “Real”da hamkorlik qilish bo‘yicha suhbatlashgan va uni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinagan.

Erling Holand “Manchester Siti”ga 2022 yilning yozida Dortmundning “Borussiya” klubidan 60 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2034 yilning 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda u “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!