Klopp Salahga murojaat qildi
“Liverpool” hujumchisi Muhammad Salah Stiven Jerrard bilan suhbatlashdi. Intervyu davomida Jerrard unga jamoaning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning videomurojaatini namoyish etdi.
“Men uchun sen bilan ishlash sharaf va katta zavq edi. Hammasi doim ham oson bo‘lmagan, lekin ko‘p hollarda juda yaxshi o‘tdi (kuladi). Eslaysanmi, hamkorlikni boshlaganimizda: ‘Kel, alohida tarix yarataylik va shunday qilaylikki, 10–15 yildan keyin orqaga qarab, tabassum qilaylik’, degandim. Hozir o‘sha vaqtlarni eslab, yuzimda tabassum paydo bo‘ladi.
Men bu yo‘lning bir qismi bo‘lganimdan juda minnatdorman. Oldinda yana yaxshi yillar bor — ulardan zavq ol. Ko‘rishamiz. Xayr!”, — dedi Klopp.
Ma’lumot uchun, misrlik vinger mavsum yakunida 9 yillik faoliyatidan so‘ng “Liverpool”ni tark etadi. Klopp esa jamoani 2015–2024 yillarda boshqargan va hozirda “Red Bull” tizimida ishlamoqda.

Fikrlar