Klopp Sanchoni sotib olishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Jeydon Sanchoni sotib olishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
"Sancho ajoyib futbolchi. Ammo men bu kabi mish-mishlar qaerdan paydo bo‘layotganini bilmayman.
Agar biz Sancho uchun kurashadigan bo‘lsak, unda ma’lum doira vakillarigina bu haqida xabardor bo‘lishadi. Demak, bu gaplar bizdan chiqqan emas.
Bu mavzuda og‘iz ocholmayman. Chunki o‘z qonunlarimizni o‘zgartira olmayman. Bu gap qanday qabul qilinishini yaxshi bilaman, biroq aytadigan boshqa gapim yo‘q.
Jeydonning transfer summasi juda yuqori. Bu biz uchun yuz foizlik muammo", - deydi Klopp.

Fikrlar