
Kloppga “Inter” yulduzi kerak
“Inter”ning etakchi yarim himoyachisi Nikolo Barella tez orada Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Ayni paytda iste’dodli futbolchi uchun kurashga “Liverpul” ham qo‘shildi. Avvalroq, “Tottenxem” Nikologa og‘iz solayotgan edi.
Yurgen Kloppning fikricha, Barella yozda jamoadan ketadigan Jorjino Veynaldumning o‘rnini bosishga qodir.
Milanliklar bu futbolchi bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma tuzib qo‘ygan. Biroq, ularni qoniqtiradigan taklif bo‘lsa Barellaning ketishiga to‘sqinlik qilishmaydi.
Fikrlar