Kloppning agenti "Real" haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 06.06.2026 15:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske nemis mutaxassisining "Real Madrid"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Avvalroq "Real" prezidentligiga nomzod Enrique Rikelme Kloppni klub bosh murabbiyi etib tayinlash istagini bildirgan edi.

"U "Liverpool"ni yana cho‘qqiga olib chiqdi, “Borussiya”ni chempion qildi va o‘ziga xos uslub hamda xarakter qoldirdi. Bu ba'zan sovrinlardan ham muhimroq", — degan edi Rikelme.

Biroq Kloppning vakili bu ma'lumotlarni rad etdi.

"Bu kabi xabarlar jahlimni chiqaradi. Yurgen Klopp hozirgi paytda "Red Bull" tizimidagi vazifasidan mamnun va klub bosh murabbiyi sifatida ishlash niyati yo‘q.

“Real” mavzusi uning uchun hozir yopilgan. Ayniqsa, mavjud vaziyat va atrofidagi omillarni hisobga olganda.

Kelajakda uni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yagona vazifa — Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligi", — dedi Kositske "Sky Germany" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!