Kloppning MYuga qarshi o‘yindan keyin jahli chiqdi

  • 8 aprel, 2024, 04:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurgen Klopp "Liverpul"ning APLda etakchilikni qo‘ldan chiqargani haqida fikr bildirdi. 

- "Liverpul"ning "Arsenal"ga birinchi o‘rinni boy bergani qanchalik muhim? 

"38 turdan keyin bu juda muhim va katta farq. Biz ancha vaqtdan buyon bu o‘rinda edik. Hozir "Arsenal" peshqadam. Shunday bo‘lsa ham biz chempionlik poygasidamiz. Bir necha turdan so‘ng qaysi jamoa birinchi o‘rinda borayotganini bilib bo‘lmaydi. Biz 38-turdan keyin o‘sha pog‘onada bo‘lishni istaymiz. 

"Manchechter Yunayted" bilan o‘yin juda havotirli. Sababi, bunday ustunlikdan keyin yakunda g‘alaba qozonishingiz shart. Hisob - 2:2. Men bundan mamnun emasman. Biroq hammasini engib o‘tamiz, degan umiddaman"
, - dedi mersisaydliklar ustozi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!