Klubi prezidenti o‘ldirildi
O‘yindan keyin otib ketildi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida joylashgan "Botev" futbol klubi prezidenti, tadbirkor Iliyan Filipov o‘ldirildi. Bu haqida mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib, Nova nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Filipov futbol o‘yinidan so‘ng uyiga qaytayotgan paytda sodir bo‘lgan. Transport va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar egasi bo‘lgan biznesmenning boshiga o‘q otilgani aytilmoqda.
Politsiya va prokuratura vakillari maxsus brifingda qotillik sodir etilganini tasdiqladilar. Biroq tergov sirini keltirib, hodisa tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdilar.
Rasmiylarga ko‘ra, hozirgi paytda voqea joyida tergov harakatlari olib borilmoqda, surishtiruv boshlang‘ich bosqichda va qotillikning barcha ehtimoliy versiyalari ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar (0)