Klubimiz 111 yil davomida Xolandsiz futbol o‘ynagan!

  • 10.05.2022 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” bosh direktori Xans-Yoakim Vattske jamoa to‘purari Erling Xoland “Manchester Siti”ga o‘tib ketayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Klubimiz 113 yildan beri futbol o‘ynab keladi va ulardan 111 yil Erling Xolandsiz o‘tgan. Bir paytlar hujumda Robert Levandovski bo‘lardi. U 2014 yilda ketdi. Lekin biz keyingi yillarda ham futbol o‘ynadik. Har biringizni ishontirib aytamanki, Erling ketgan taqdirda ham 100 foiz o‘rniga boshqa hujumchi topamiz, - dedi Xans-Yoakim Vattske.

Norvegiyalik hujumchi Dortmund kulbiga 2020 yilning boshida “Zaltsburg”dan 20 million evaziga ko‘chib o‘tgandi. 21 yoshli to‘purar shu paytga qadar “Borussiya” safida 88 ta uchrashuv 85 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!