Klublar kushandasi. Azar o‘ynamagan kunlari uchun 17 mln, Koutino esa 16 mln evro oldi

  • 7 iyul, 2021, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoa etakchisi bo‘lishi kutilgan Eden Azarga haftasiga 475 ming evro maosh tayinlagan. Lekin yarim himoyachi 2020-2021 yilgi mavsumda jarohatlar va sog‘lig‘idagi muammolar tufayli 252 kun davomida mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham qatnasha olmadi. Shunga qaramay, “Qirollik klubi” belgiyalik yarim himoyachiga maydonga tushmagan kunlari uchun 17 million evro to‘ladi.

Tecno

“Barselona” moliyaviy qiyin ahvolda bo‘lishiga qaramay, Filippe Koutinoga maydondan tashqarida bo‘lgan 233 kuni uchun 16 million evroga yaqin maosh to‘ladi. Braziliyalik yulduzning haftalik maoshi 474 ming evroni tashkil qiladi.

Braziliyalik yana bir yulduz – Neymar ham futboldan tashqarida yurgan kunlari uchun 13,6 million evro oldi. Hujumchi jarohat tufayli 95 kun davolangan.

Shuningdek, o‘tgan yillarda Pol Pogba, Marko Roys kabi futbolchilar ham 2020 yilning aprel oyidan boshlab bir yil davomida uzoq muddatli o‘ynamagan kunlari uchun mos ravishda 11 million va 7,5 million evro maosh olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!