Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida jamoalar soni 48 taga koʻpayishi mumkin
UEFA FIFAning keyingi Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasida jamoalar sonini 32 tadan 48 taga koʻpaytirish taklifini qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Ilgari Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi turnir formatini oʻzgartirishga qarshi boʻlgan, chunki bu Chempionlar ligasi maqomiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligidan xavotirda edi.
Shuningdek, The Guardian nashrining maʼlum qilishicha, bu qarorga oʻtgan turnirda qatnashmagan yuqori darajadagi klublarning, jumladan "Barselona", "Liverpul" va "MYu"ning bosimi bilan bogʻliq.
Maʼlumot uchun, mazkur musobaqaning ilk gʻolibi Angliyaning "Chelsi" jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar