Klublar o‘rtasidagi JChda hozircha eng ko‘p daromad ko‘rgan klub — "Real"

  • 3 iyul, 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 1/4 finalgacha eng ko‘p pul ishlagan jamoa bo‘ldi — ular musobaqada ishtirok etgani uchun kafolatli ravishda 55,2 million evro oladi. Agar "Real" chempionlikni qo‘lga kiritsa, yana 56,4 million evro ishlaydi.

Tecno

Hozircha mukofot puli bo‘yicha ikkinchi o‘rinda "Bavariya" (52,3 mln evro), uchinchida – PSJ (50,3 mln evro), to‘rtinchida – "Chelsi" (48,3 mln evro) joylashgan.

Yuqori o‘nlikka quyidagi klublar ham kirgan:

"Manchester Siti" – 46,3 mln evro

"Borussiya" – 46,2 mln

"Palmeyras" – 36,1 mln

"Fluminense" – 35,1 mln

"Inter" – 32,9 mln

"Al-Hilol" – 31,1 mln

1/4 final juftliklari:

"Fluminense" – "Al-Hilol"

"Chelsi" – "Palmeyras"

PSJ – "Bavariya"

"Real" – "Borussiya"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!