Ko‘pchilik ketadi! "Arsenal" katta qisqartirishga qo‘l urmoqda

  • 16.10.2026 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni bo‘lgan «Arsenal» klubi Londonda joylashgan turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 60 nafar xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. 

Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, masala bo‘yicha maslahatlashuvlar hali davom etmoqda, shu bois yakuniy qaror o‘zgarishi mumkin. Qisqartirishlar murabbiylar shtablari, erkaklar va ayollar jamoalarini musobaqalarga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, xavfsizlik xizmati, jamoatchilikka qaratilgan loyihalar, Arsenal Foundation xayriya jamg‘armasi hamda ayollar jamoasi bilan ishlovchi personalga taalluqli emas.

Ma’lumot uchun, 2024-25 yildgi mavsum yakuniga ko‘ra «Arsenal»ning daromadi 691 million funt sterlingni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, klub moliyaviy hisobotida umumiy zarar 1,4 million funt etib qayd etilgan. 2025-2026 mavsumi uchun moliyaviy ko‘rsatkichlar hali e’lon qilinmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!