Kodi Gakpo “Manchester Siti”ga oʻxshamagan transferi haqida gapirdi
«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo «Manchester Siti»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.
Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Gakpo «Tottenxem»ni emas, «Manchester Siti»ni tanlagani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq transfer oynasi yopilishi arafasida «Liverpul» Kodi Gakponi jamoadan qo‘yib yubormaslikka qaror qildi.
Gakponing so‘zlariga ko‘ra, u yozda yangi chaqiruv izlamagan va «Liverpul»dan ketishni talab qilmagan. 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun bu davr shaxsiy hayotidagi og‘ir voqealar sabab ham murakkab kechgan.
- Bu haqida tafsilotlarga kirishni xohlaysizmi-yo‘qmi, bilmayman, chunki hozir bu haqida gapirishning ma’nosi yo‘q. Ammo futbol va hayotdagi barcha voqealarni hisobga olsak, bu men va oilam uchun og‘ir yoz bo‘ldi. Shuning uchun men shunchaki voqealar qanday rivojlansa, shunday bo‘lishiga imkon berdim.
Ha, futbolchi hayoti shunday. Men hamma narsani tanlay olmayman. Shunchaki o‘zim yaxshi biladigan ishni — futbol o‘ynashni davom ettirishim kerak. Sodir bo‘layotgan yoki sodir bo‘lmagan barcha narsadan ortiqcha xavotir olishim kerak emas. Bu vaziyatni baribir o‘zgartirmaydi.
Bu juda uzun hikoya. Yoz barcha jihatdan juda og‘ir o‘tdi. Men shunchaki voqealarning o‘z yo‘lida ketishiga imkon berdim va nima bo‘lishini kuzatdim. Oxir-oqibat, bo‘lishi kerak bo‘lgani bo‘ldi. Hozir esa oilam va do‘stlarim bilan hayotdan, shuningdek, klubdagi jamoadoshlarim bilan futbol o‘ynashdan zavq olishni xohlayman, - dedi Gakpo The Telegraph nashriga.

Fikrlar