KO‘JCh. "Real" bir kishi kam bo‘lib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Real Madrid" 3:1 hisobida "Pachuka"ni mag‘lub etdi. O‘yin madridliklar uchun omadsiz boshlandi. 7-daqiqa himoyachi Raul Asensio qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ammo bir kishi kam bo‘lib qolgan Alonso shogirdlari bellashuvning 35-daqiqasida hisobni ochdi. Gol muallifi Jud Bellingem. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 2 daqiqa qolganda esa Arda Guler katta sahnaga chiqdi va taym 2:0 hisobida yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushgan Federiko Valverde 70-daqiqada raqib darvozabonini ojiz qoldirdi — 3:0. Meksika jamoasining a’zosi Montiel 80-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi — 3:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "qirollik" klubining ochkolari soni 4 taga etdi. Guruhning ikkinchi to‘qnashuvi "Al-Hilol" va "RB Zaltsburg" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar