Kolumbiya "K" guruhida birinchi o‘rinni egalladi, Kongo ham pley-offga yo‘l oldi
Jahon chempionati K guruhida Kolumbiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
⠀
3-turda Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Natijada kolumbiyaliklar guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi, portugaliyaliklar esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi. Har ikki jamoa ham mazkur uchrashuvdan avval pley-off yo‘llanmasini rasmiylashtirib bo‘lgan edi.
⠀
Endi 1/16 finalda Kolumbiya Ganaga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyaning raqibi esa Xorvatiya bo‘ladi.
⠀
Guruhning yana bir uchrashuvida Kongo O‘zbekistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba evaziga Kongo 4 ochko jamgarib, uchinchi o‘rin orqali pley-offga chiqdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz esa 3 ta bahsda ham mag‘lub bo‘lib, 4-o‘rinni egalladi.

Fikrlar