Komapni: "Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz"
“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasida PSJga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat (4:5) haqida fikr bildirdi. Murabbiy diskvalifikatsiya sabab o‘yinni tribunadan kuzatdi.
“O‘yinni kuzatish menga yoqdi, ammo bu men uchun eng yaxshi joy emas. Bu futbolni sevuvchilar uchun o‘yin bo‘ldi. Bizning stadionda o‘ziga xos bir narsa yuz berishi mumkin. Germaniyada olovli muhit bo‘ladi. Bizga faqat javob o‘yinida qaytib kelish imkoniyatini saqlab qolish kerak edi, 2:5 hisobida esa bu yana savol ostida edi. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Ular bizning uyga keladi va biz barcha kuchimizni beramiz, kerak bo‘lsa o‘lishga ham tayyormiz. Biz ularni kutyapmiz va bu o‘yinni intiqilik bilan kutmoqdamiz.
2:5 da qo‘rquv bo‘ldimi? Yo‘q, men pessimist emasman. Agar hech bo‘lmaganda 1 foiz imkoniyat qolsa ham, hammasi o‘zgarishi mumkinligini bilaman. Biz ishonamiz. Hozir hisob PSJ foydasiga, shuning uchun javob o‘yinida g‘alaba qozonishimiz shart”, —dedi mutaxassis.

Fikrlar