Komapni Germaniya kubogidagi g‘alabaga baho berdi

  • 24.05.2026 11:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya kubogi finalida "Shtutgart" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

"Bu ajoyib his. Bugun biz juda kuchli raqibga qarshi o‘ynadik va birinchi bo‘lim mutlaqo teng kechdi. Bu jamoa hal qiluvchi pallalarda doim o‘yin saviyasini oshira oladi.

Biz himoyada ishonchli harakat qildik — bu deyarli ideal kubok finali bo‘ldi.

Tanaffusdan keyin yanada kuchayishimiz mumkinligini his qildik. G‘alaba uchun kerak bo‘lgan barcha ishni amalga oshirdik. Yigitlarim bilan faxrlanaman", — dedi Kompani.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!