Konferentsiyalar Ligasi. "Lester" ilk yarim finalchiga aylandi
Hozirgina Konferentsiyalar Ligasi chorak final javob uchrashuvidan o‘rin olgan PSV – "Lester" o‘yini yakunlandi. Mazkur bahsda "tulkilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Angliyada kechgan dastlabki bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan edi.
Shu tariqa, Brendan Rodjers shogirdlari ilk yarim finalchiga aylandi. Ular keyingi bosqichda "Roma" – "Budyo-Glimt" bahsi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar