Konkur. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etilayotgan “Al Khail square cup” musobaqasida yana bir muvaffaqiyatga erishdi. CSI2* tasnifidagi turnirda Bahromjon Gaziev oltin medalga ega chiqdi.
Hamyurtimiz 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida “Santos Hippica” laqabli oti bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Undan keyingi o‘rinlarni Gretsiya hamda BAA sportchilari egalashdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar