KONMEBOL prezidenti "JCH-2030"da 64 ta jamoa ishtirok etishini e’lon qildi
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) prezidenti Alejandro Dominges 2030 yildgi jahon chempionati 64 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
«Keyingi chempionat futbolning beshigida o‘tadi! 2030 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Urugvay, Argentina va Paragvayda qabul qilinadi. Bu futbol uchun turnirning yuz yilligini nishonlashga ajoyib imkoniyat, musobaqada 64 ta jamoa ishtirok etadi», — deb yozdi Dominges ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.
ChM-2030 tarixda ilk bor bir vaqtning o‘zida olti davlat hududida tashkil etiladi. Turnirning yuz yilligi munosabati bilan ochilish uchrashuvlari Argentina, Urugvay va Paragvayda o‘tkaziladi, musobaqaning asosiy qismi esa Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.
2026 yildgi jahon chempionatida 48 ta terma jamoa qatnashgan edi. Amaldagi jahon chempioni — Ispaniya milliy terma jamoasi.

Fikrlar