Konor Makgregor: "Chimaev hali ko‘p narsani isbotlashi kerak"

  • 22.10.2023 06:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • MMA

Ikki vazn toifasi sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Hamzat Chimaevni o‘rta vazn toifasi chempionlik jangliga loyiqmas, deb biladi.

"Bilasizmi nima? O‘rta vazn toifasida Hamzatning isbotlashi kerak bo‘lgan ko‘p narsasi bor. U chempionlik jangiga loyiq emas. Chimaev - Kosta jangini tashkillashtirish kerak", - dedi Konor.

Eslatib o‘tamiz, kecha Hamzat Chimaev Abu-Dabidagi turnir doirasida Kamaru Usmandan ochkolar hisobiga ko‘ra ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!