Konor Makgregor doping ishlatganmi? AQSh nashri yangi ma'lumotlarni oshkor qildi
Irlandiyalik MMA yulduzi Konor Makgregor oyoğidan olgan jarohatidan keyingi tiklanish davrida chidamlilikni oshiruvchi taqiqlangan preparatlardan foydalangan. Bu haqida "New York Times" nashri xabar bermoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Makgregor bu moddalarni “Los-Anjeles Dojers” beysbol jamoasining ham shifokori Nil El-Atrach ko‘magida qo‘llagan. Shundan so‘ng Konor antidoping komissiyasining diqqat markazida bo‘lishdan qochishga urinagan.
Keyinchalik irlandiyalik jangchi ushbu preparatlardan foydalanish uchun tibbiy ruxsatnoma olmoqchi bo‘lgan, ammo bu tasdiqlanmagan. Natijada mazkur holat 2024 yilda UFC ning USADA antidoping agentligi bilan hamkorlikni to‘xtatishiga sabab bo‘lgan.

Fikrlar