Konor Makgregor engilmas bokschi bilan jang qilmoqchi

  • 30 sentabr, 2024, 13:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor mashhur bokschi Terens Krouford bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.

"Terens juda chaqqon bokschi. Shuningdek, avval kurash bilan ham shug‘ullangan. Hozir esa biz o‘zaro ikkita jang o‘tkazish borasida muzokaralar olib boryapmiz. Agar barchasi ko‘ngildagidek ketsa, bahslarning biri MMA da, ikkinchisi boksda bo‘lib o‘tadi", - deya Konorning so‘zlarini keltirdi Low Kick MMA portali.

Ma’lumot uchun, Terens Krouford o‘zining so‘nggi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (115-113; 116-112; 115-113) mag‘lub etgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!