Konor Makgregor Islom Maxachevni qanday engish mumkinligini aytdi
UFC ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Konor Makgregor avstraliyalik jangchi Jek Della Maddalenaga Islom Maxachevga qarshi bahs oldidan maslahat berdi.
“Islom bu vaznda oson o‘lja bo‘ladi. Unda na raqibni nokautga uchratish, na pozitsion nazorat qilish qobiliyati bor. Eng yaxshi holatda u raqibni bo‘g‘ishga harakat qilishidir. Hech narsadan qo‘rqma. Sabr, jismoniy tayyorgarlik va g‘azab — shular bilan u beshinchi raund tugashidan avval hushini yo‘qotadi”, — dedi Makgregor avstraliyalikka.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Maddalena qarama-qarshiligi 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida o‘tkaziladi.



Fikrlar