Konor Makgregor UFC ning ayni damdagi super yulduzi bilan jang qilmoqchi
Irlandiyalik MMA ustasi Konor Makgregor UFC P4P etakchisi Islom Maxachev bilan chempionlik jangini o‘tkazmoqchi.
"Men uch vazn toifasida chempion bo‘lmoqchiman. Shu bois yarim o‘rta vazn toifasidagi kamar uchun Maxachev bilan jang o‘tkazishni istayman. Bu yaxshi to‘qnashuv bo‘ladi – sher sherga qarshi! Men bu bahsni intiqlik bilan kutyapman. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi", - dedi UFC sobiq chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2021 yil "UFC 264" turnirida Dastin Poredan texnik nokautga uchragandan buyon oktagonga chiqmadi.
Fikrlar