
Konor MakGregor yarim yilga chetlatildi
Nevada sport komissiyasi Poredan nokautni qabul qilib olgan UFC yulduzi Konor MakGregorga olti oylik majburiy chetlatish qo‘lladi. Irlandiyalik sportchi oyog‘idan bir nechta jiddiy jarohatlar olgani ma’lum bo‘ldi.
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta oxirida UFS 257 turniri bo‘lib o‘tdi. Oqshomning markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq UFS chempioni Konor MakGregor Dastin Porega qarshi oktogonga ko‘tarildi va mag‘lubiyatga uchradi.
Avvalroq, Konor Dastinga qarshi 3-jangni o‘tkazishga qarshi emasligi haqida gapirgandi.
Fikrlar