Konor Makgregorning menejeri Menni Pakyaoni sudga berdi. Uning Errol Spensga qarshi jangini taqiqlamoqchi

  • 27 iyun, 2021, 21:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

8 vaznda sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 21 avgust kuni yarim o‘rta vazn toifasida WBC va IBF yo‘nalishi chempioni Errol Spensga qarshi o‘tkazishi e’lon qilingan edi. Biroq uning avvalgi promouteri Audi Attar mazkur jangni bloklashni so‘rab Pakyaoga qarshi da’vo arizasi kiritdi.

Tecno

Aytilishicha, Audi Attar va unga qarashli "Paradigm Sports" kompaniyasi Pakyaoning navbatdagi jangi uchun Mayki Garsiya bilan muzokaralarni deyarli yakunlash arafasida bo‘lgani, ushbu jang uchun Pakyaoga oldindan 3,3 million dollar miqdorida mablag‘ berilgani, lekin Pakyao kutilmaganda kelishuvni buzib, Errol Spensga qarshi jangi qabul qilgani aytilmoqda. Bundan kompaniya katta zarar ko‘rganligini bildirib, Errol Spensga qarshi jangni ta’qiqlash so‘ralgan.

Shu bilan birgalikda, Konor Makgregor bilan ham hamkorlik qiluvchi Paradigm kompaniyasi uning Menni Pakyao bilan jangini rejalashtirgani, lekin Dastin Poredan qabul qilingan mag‘lubiyat sabab reja o‘zgarganini ham keltirib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!