"Konorni 10 tadan 10 marta mag‘lub etaman"

  • 28 mart, 2022, 12:42
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC jangchisi Kolbi Kovington ikki vazn toifasidagi sobiq chempion Konor Makgregorning yarim o‘rta vaznga o‘tmoqchi ekanligi haqidagi fikrga javob qaytardi.

Tecno

"O‘ylashimcha, u o‘zini maqtab, atrofida shov-shuv qilishga harakat qilmoqda. Konor haqiqiy erkaklar vazniga kelib, haqiqiy erkaklar bilan jang qilmaydi. 

U ajoyib jangchi. Makgregor o‘zi uchun yaxshi ishlarni amalga oshirdi, biroq yarim o‘rta vazn uning divizioni emas. U g‘alaba qozonish imkoniyati nolga teng bo‘lgan janglarda qatnashmaydi. Unda bunday jasorat yo‘q. 

Agar real qarasangiz, men uni 10 tadan 10 marta mag‘lub etaman", - dedi Kovington. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!