Konte APLdagi eng zo‘r tarkibga ega jamoalar nomini oshkor qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya kubogi doirasida yaqinlashib kelayotgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Menimcha "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" premer-ligadagi eng zo‘r tarkiblarga ega jamoalardir. Ularning safida g‘oliblik hissiga ega bo‘lgan ko‘plab kuchli futbolchilar bor.
Albatta, oldinda bizni  jiddiy o‘yin kutib turibdi. O‘ylaymanki "MYu" uchun ham huddi shunday. 
Shuni alohida ta’kidlashim kerakki bizda o‘z uslubiga ega bo‘lgan ajoyib jamoa bor va biz chiroyli o‘yinlar namoyish etmoqdamiz.
Albatta, biz so‘zsiz musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l olishni hoxlaymiz. Ammo, bizni oldinda kuchli qarama-qarshilik kutib turibdi", -
deydi italiyalik mutaxassis Goal.com nashriga bergan intervyusida.


Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi kubok bahsi 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!