Conte Italiya terma jamoasi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya milliy terma jamoasini boshqarishga tayyor ekani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, u bu borada hech qanday bayonot bermagan va hozircha butun eʼtiborini klubdagi ishiga qaratgan.
"Men bunga tayyorman, deb aytmadim. “Napoli” bilan yana bir yillik shartnomam bor va mavsum yakunlangandan keyin prezident bilan suhbatlashaman.
Sizlardan soʻzlarimni toʻgʻri talqin qilishingizni qatʼiy soʻrayman. Aks holda, agar gaplarim yana buzib yetkazilsa, umuman boshqa hech narsa demayman", — dedi Konte.
Avvalroq Italiya terma jamoasini tark etgan Jennaro Gattuzodan keyin Konte ushbu lavozimga asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinayotgandi.

Fikrlar