Konte jamoaning zich taqvimi haqida gapirdi

  • 13.09.2025 10:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte o‘yinlarning zich taqvimi haqida fikr bildirdi.

Italiyaning amaldagi chempioni "Fiorentina" maydonida o‘yin o‘tkazsa, 18 sentyabr kuni Angliyada Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

- Bu biz uchun sinovli damlardan biri. Endi har uch kunda o‘yin o‘tkazishimiz kerak, mavsum aniq murakkab bo‘ladi. Tarkibni almashtirish usulidan foydalanishga majbur bo‘lamiz, jamoaga buni uddalash uchun sabr kerak bo‘ladi, - dedi Konte.

O‘tgan mavsumda neapolliklar evrokuboklarda ishtirok etmay turib, A Seriya g‘olibiga aylangandi. Bu yilgi chempionatda Konte jamoasi dastlabki ikki o‘yinda ham g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!