Konte "Milan"ning sobiq futbolchisini "Inter"ga olib kelmoqchi

  • 16.03.2020 00:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Sassuolo” klubi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” ustozi Antonio Konte 22 yoshli futbolchi jamoa tarkibini kuchaytirishiga ishonmoqda. Ushbu transfer mavsumlar oralig‘ida amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lokatelli asli “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yilga qadar “rossonerilar” sharafini himoya qilgan. U joriy mavsum “Sassuolo” safida A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!