Asosiy mazmunga oʻtish

Konya-2021. Azizbek Boynazarov ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi!

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Ajoyib natija!

Hozirgina Kontyada davom etayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarining para suzish bahslarida erkaklar o‘rtasida 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha final bellashuvi o‘z yakuniga etdi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Azizbek Boynazarov 2:38,86 daqiqa natija bilan marraga 1-o‘rinda etib keldi va o‘zining ushbu musobaqadagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Azizbek Boynazarov kecha 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bahslarda ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q