
"Konya-2021". Rashitov va Pulatov yarim finalda
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun bir qator taekvondochilarimiz bahslarda ishtirok etyapti. Xususan, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda musobaqaning amaldagi chempioni Niyaz Pulatov (-63 kg) nimchorak va chorak final janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Rashitov murosasiz kechgan chorak final jangida eronlik, Pulatov esa afg‘onistonlik raqibini mag‘lub etdi. Qizlarimizdan Zarnigor Husniddinova (-49 kg) yarim final ostonasida, Ozoda Sobirjonova (-67 kg) esa ilk bosqichda imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvlar davom etmoqda. Voqelar rivojini biz bilan kuzatib boring!
Fikrlar