
Konya-2021: Suhrob Xo‘jaev delegatsiyamiz hisobiga ettinchi oltin medalni taqdim etdi
Delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltin medalni engil atletikachimiz Suhrob Xodjaev keltirdi. Bosqon uloqtiruvchimiz bellashuvda 71.87 metr natija qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkichni raqiblaridan hech kim yaxshilay olmadi va Xodjaev oltin medalga egalik qildi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining V Islom birdamlik o‘yinlaridagi oltin medallari soni 7 taga etdi.
Fikrlar