Asosiy mazmunga oʻtish

Korme Jonsga javob berdi: "Albatta, u men bilan jang qilishni xohlaydi”

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Korme Jonsdan bu yil hisobida ko‘p mablag‘ ishlab topishini aytdi.

UFC og‘ir vazn toifasida chempioni Daniel Korme Jon Jonsning ikkalasi o‘rtasidagi uchinchi jang bo‘lmasligi haqidagi to‘la ishonch bilan aytgan fikrlariga o‘ziga xos tarzda javob berdi.

"Albatta, u men bilan jang qilishni xohlaydi. U bu yil uch marta jang qildi.  Men bu hafta oxirida jang o‘tkazaman. Agar, Jons yil oxiriga qadar yana bir marta jang qilishga ulgursa ham undan ko‘proq pul topaman. Oh, vaqt qanchalik o‘zgargan!",- deb yozadi Korme Twitter da.

Eslatib o‘tamiz: Jon Jons ular o‘rtasidagi uchinchi jang bo‘lmasligiga sabab, Kormeni o‘zidan qo‘rqishi ekanligiga sha’ma qilgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q