Koronavirus La Liga uchrashuvlariga ham xavf soldi
Ispaniya hukumati koronavirus sabab La Liganing bo‘lg‘usi 2 ta turini muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Hozirgi paytgacha ushbu virus Ispaniyada 1200 nafardan ortiq odamda aniqlangan. Agar vaziyat yaxshilanmasa, muxlislarsiz o‘yin o‘tkazish yana cho‘zilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining tugashiga yana 11 ta tur bor.

Fikrlar